"Chelsi"ning yangi maqsadi ma'lum

Administrator
23 fev 2025
"Chelsi" "Osnabryuk" (uchinchi divizion)da ijara asosida o'ynayotgan "Volfsburg"ning 19 yoshli xavbeki Kofi Amoakoning xizmatlariga qiziqmoqda.

London klubi allaqachon yosh iqtidorning o'tishi borasida muzokaralar olib bormoqda. Amoako "Volfsburg" akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. Transfermarkt germaniyalik yarim himoyachini 350 ming evroga baholamoqda.

"Volfsburg" 2024 yilning yozida Kofi Amoakoni "Osnabryuk"ga ijaraga berdi. Futbolchi jamoa safida 22ta o'yinda harakat qilib, 1ta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: bild.de