Van Bommel "Volfsburg"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
28 may 2021, 02:20
"De Telegraaf"ning xabar qilishicha, "Volfsburg"ning yangi utozi Mark van Bommel bo'ladi.

44 yoshli niderlandiyalik ikki mavsumlik shartnoma tuzadi. U bilan ikki assistent va videotahlilchi ham keladi.

"Bavariya" sobiq xavbeki ikkinchi marta bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. U 2018 yilning iyunidan 2019 yilning dekabrigacha PSVda ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.

Bommel "Volfsburg"da jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqib, o'zi esa "Ayntraxt"ga o'tgan Oliver Glasnerni almashtiradi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf