

Nemis grandi 2021 yil "Leyptsig"ga 25 mln. evro to'lab, Nagelsmanni o'ziniki qilib olgandi. Mutaxassis 5 yil ichida 45 mln. evro ishlab olishi kerak edi. Muddatidan avval klubdagi faoliyatini yakunlagan murabbiy tez orada 27 mln. evroga boyishi kutilyapti. Chunki "Bavariya" shartnomada ko'rsatilgan muddat uchun barcha pullarni Nagelsmann hisobiga o'tkazib berishi kerak.



