"Barselona" sotmaydigan futbolchilar ro'yxati aniq

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024, 11:30
Manba tafsilotlarni oshkor qildi.

"Barselona" yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozda sotilmaydigan futbolchilarni aytib o'tdi, chunki ular klub loyihasini amalga oshirishda asosiy o'yinchilar hisoblanadi.

6 nafar daxlsiz o'yinchi nomi aniqlandi. Bular – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Pau Kubarsi, yarim himoyachilar Gavi, Pedri, Fermin Lopes va hujumchi Lamin Yamal. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

"Barselona"ning ushbu o'yinchilarni saqlab qolishga bo'lgan qatiyati "La Masiya"ning klub falsafasidagi o'rnini ifodalaydi. Yosh istedodlarni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor "Barselona"ning o'ziga xosligi va qadriyatlarini uzoq yillar davomida saqlab qolishni vada qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es