"Barselona" muxlisi "Osasuna"ga qarshi o'yindan so'ng Laportani haqorat qildi

Iskandarov Abdulaziz
14 dek 2021, 14:50
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Barselona" "Osasuna" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta "El Sardar" stadionini tark etar ekan, bir guruh muxlislarning bosimi ostida qoldi. Xabar qilinishicha, klub muxlislaridan biri Laportaga haqoratli ohangda gapirgan. O'z navbatida, funkcioner mashinaga o'tirguncha muxlislarning ma'lum bir tanbexlariga javob berishga harakat qildi. Oxirgi uchta o'yinda "Barselona" birorta g'alaba qozona olmadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Спортс.ру