"Barsa" Alonso bilan shartnomani 2 yilga uzaytirib, Alba bilan xayrlashmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2022, 19:02
"Barselona" himoyachi Markos Alonso bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.

"Diario Sport"ning xabariga ko'ra, katalon klubi yanvarda 31 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishni niyat qilgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Alonso "Barselona"da qolmoqchi, klub rahbariyati ham futbolchi ko'rsatayotgan o'yindan mamnun. O'tgan yoz Markos "ko'k-anorranglilar" safiga borib qo'shilish uchun maoshi keskin kamayishiga rozi bo'lgan. O'shanda tomonlar 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashgan va klub agar Markos o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, maosh miqdorini oshirish, yangi kelishuv imzolashni vada qilgandi.

Endi "Barselona" Alonso bilan yana ikki yillik kelishuv imzolamoqchi. Hujjat 2 yil, yoki "1+1" sxemasida imzolanadi. "Barselona"ga ikkinchi variant ko'proq yoqsa, futbolchi bir yo'la ikki yillik maoshni naqd qilish istagida.

Bazi masalalardagi munozaralarga qaramay, tomonlar yangi shartnomaga jiddiy to'siq ko'rishmayapti.

Shuningdek, "Barselona" Aleks Balde bilan ham shartnoma muddatini uzaytirmoqchi. Aynan Balde va Alonso orqali klub himoyaning chap qanotini "yopmoqchi". Shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan Xordi Alba bilan esa Xerar Pike bilan bo'lgani kabi xayrlashishmoqchi.

Bu mavsum Alonso klub safida barcha musobaqalarda 12 o'yinda 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru