"Atletiko" sport direktori "Chelsi"da Granovskayaning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
1 iyun 2022, 18:49
Madridning "Atletiko" klubi sport direktori Andrea Berta Londonning "Chelsi" jamoasida huddi shu lavozimga o'tishi mumkin.

Bild xabariga ko'ra, mutaxassis Marina Granovskaya ketsa, klubning yangi sport direktori bo'ladi.

Granovskayaning yozgi transfer oynasida klubga yordam berish uchun "Chelsi"dagi o'rnida qolishga rozi bo'lgani aytilmoqda, ammo Marinaning bir qancha vaqtdan so'ng "ko'klar"dan ketishi istisno etilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Marina Granovskaya 2017 yilda o'sha paytdagi bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjal sabab iste'foga chiqqan Maykl Emenaloning o'rniga "Chelsi" sport direktori lavozimiga kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild