"Arsenal" Leau bilan muzokara o'tkazdi, "Milan" futbolchini 75-80 mln evroga sotishga tayyor

Alisher Ostonov
21 fev 2026, 14:05
"Arsenal" "Milan" hujumchisi Rafael Leauning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi.

Londonliklar 26 yoshli vingerni yozda sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Italyan klubi Leauni 75-80 mln evroga sotishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi "kanonirlar"ning yozda hujumkor futbolchilar orasida asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.

Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Transfers