

"To'pchilar" o'yindan keyin Futbol assotsiatsiyasi tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.
"Chelsi"ga qarshi o'yinda Mikel Artetaning 6 nafar shogirdi hakam Entoni Teylor tomonidan ogohlantirildi: Martin Subimendi, Kristian Moskera, Rikkardo Kalafori, Pero Inkape, Maylz Lyuis-Skelli va Viktor Gyokeresh.
"TalkSPORT" xabariga ko'ra, Futbol assotsiatsiyasi qoidalarida bitta o'yinda 6 yoki undan ortiq ogohlantirish olgan har bir klub uchun 30 000 evro miqdorida jarima belgilangan.



