

"Jamoada barchasi joyida. Biz bir oilamiz, bir butunmiz. Ha, ikki bor mag'lubiyatga uchradik, lekin salohiyatimizni va Xavi qo'l ostida bajarayotgan ishimizni yaxshi bilamiz. Qaddimizni rostlab, "chip"ni alishtirish kifoya. Oldinda hali ko'p uchrashuv bor. Biz etti ochko farq bilan yetakchilib qilyapmiz. Liga uzoq davom etadi va murosasiz kurashlar ostida o'tadi. Maqsadimiz aniq va shu yo'lda tinmay mehnat qilishimiz zarur", - dedi Ronald Arauxo.



