APL. So'nggi turda g'alaba qozongan “Manchester Siti” rekordlar qurshovida qoldi

13 may 2018, 22:20
“Manchester Siti” APLning so'nggi 38-turida “Sautgempton” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng bir nechta rekordlari o'rnatdi.

“Man Siti” APLning joriy mavsumida 100 ochko to'pladi, 106 gol urdi, 27 ta gol o'tkazdi. 32 o'yinda g'alaba, shulardan 16 tasi mehmonda, 2-o'rindagi MYUdan 19 ochko ilgarilab ketdi.

Mazkur natijalarning barchasi APL uchun rekord ko'rsatkich sifatida tarixdan joy oldi.

Ma'lumot uchun “Manchester Siti” Angliyada muddatidan oldin chempionlikka erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta