Anchelotti "Real"ning ikki futbolchisini "Bavariya"ga o'tishga ko'ndirmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2016, 16:10
"Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda "Real"ning ikki futbolchisini Myunxenga olib kelmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, Germaniyaga Xames Rodriges va Karim Benzema yo'l olishi mumkin. 53 yoshli Anchelotti bu futbolchilarni "Bavariya"ga o'tishga ko'ndirmoqchi. "Qirollik klubi" rahbariyati rejimni buzayotgan va mashg'ulot jarayonida muammolarga duch kelayotgan Rodriges bilan xayrlashishga tayyor.

Anchelotti "Bavariya"ni tark etishi mumkin bo'lgan Robert Levandovski o'rnini Karim Benzema bilan to'ldimoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.es