Alisher Latipov: "Qo'qon-1912" bilan tengma-teng o'ynashga intildik, ammo omad "Yunired" tomonda bo'lmadi"

Sherzod Nurmatov
30 mar 2023, 14:20
Pro liga 3-turi doirasidagi "Yunired" – "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nima ham derdim, "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda xatolar tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda vaziyatni o'zgartirishga intildik, ammo omad biz tomonda bo'lmadi. Gol urish uchun etarlicha vaziyatlar bo'lgandi. Raqib bilan tengma-teng o'ynashga intildik.

Futbolchilarning maydondagi harakatini ko'rib, tahlil qilamiz. Bitta shijoatning o'zi bilan o'ynash etarli emas. Bugun aksariyat o'yinchilar, aniqrog'i, 1-2 nafar futbolchimiz ko'rsatmani bajara olmadi. Shu bois ikkinchi taymda o'zgarishlar qilib, vaziyatni to'g'rilashga harakat qildik. Ammo gol urish uchun omad kelmadi. 

Amirjon Safarov? U aslida hujumchi sanalsa-da, uni chap qanotda o'ynatyapmiz. Amir hali o'zini ko'rsatishiga ishonaman. Jamoamiz, tarkibimiz yangiligi uchun yigitlarning bir-birini yanada yaxshiroq tushunishi uchun ham hali yana vaqt talab etiladi. Mag'lubiyatga qaramay, jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman", – dedi "Yunired" bosh murabbiyi Alisher Latipov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати