Afrika Millatlar Kubogi-2019. Zeedorf shogirdlari so'nggi turda ham durang o'ynadi, Gana esa Pelesi bor termani mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2019, 23:05
Afrika Millatlar Kubogi-2019ning 3 turi doirasida F guruhidan o'rin so'nggi bahslar o'tkazildi.

Klarens Zeedorf boshqaruvidagi Kamerun terma jamoasi Benin bilan murosa (0:0) yo'lini tanlagan bo'lsa, Gana guruh autsayderi Gvineya-Bisauni (2:0) taslim etib, nihoyat joriy musobaqadagi ilk g'alabasiga erishdi. 

Shu tariqa, mazkur kvartetdan nimchorak finalga Gana peshqadam sifatida, Kamerun ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda yo'llanma oldi. Beninda hozircha imkoniyat saqlanib turibdi. Gvineya-Bisau esa rasman uyga qaytadigan bo'ldi. Shuningdek, bugungi bahslardan so'ng, C guruhida uchinchi o'rinni olgan Keniya ham natijasi yomonligi sabab, musobaqa bilan xayrlashadigan bo'ldi. 



Benin – Kamerun 0:0 (0:0, 0:0)

Ismoiliya stadioni.

Benin – Allagbe, Adenon, Verdon, Kiki, Baraze, Sessenon, Adeoti, Dossu (Suku, 68), Seybu, Mune, Jigla (Pote, 76).

Kamerun – Onana, Oyongo, Fe (NʼJi, 46), Banana, Ngade-Ngajui, Sutchin-Jum (Bumal, 66), Kunde, Zambo-Angissa, Shupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 83), Baoken.

Ogohlantirishlar: Sutchin-Jum (20), Fe (42), Mune (45), Baraze (54), Zambo-Angissa (77), Oyongo (90).


Gvineya-Bisau – Gana 0:2 (0:0, 0:2)

As-Suwais Stadium

Gollar: 0:1 – 46 Ayyu, 0:2 – 72 Parti.

Gvineya-Bisau – Jonash, Mankoni, Jalo, Kande, Balde, Nanu, Bura (Moretu, 64), Piketi (Silva, 68), Pele, Juari, Jozef (Mendi, 79).

Gana – Ofori, Baba, Boye, Aydu, Yadom, Parti (Ekuban, 83), Ovusu (Asamoa, 86), Kvabena (Akkua, 66), Vakaso, Ayyu, Ayyu.

Ogohlantirishlar: Aydu (23), Bura (51), Kande (65).


P.S. Avvalroq, “A”, “B”, "S" hamda “D” guruhlarida ham so'nggi tur bahslari o'tkazilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia