Afrika Millatlar Kubogi-2019. Musobaqada ilk marotaba qatnashayotgan terma jamoa favoritlardan birini mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2019, 23:15
Bugun, Afrika Millatlar Kubogi-2019ning guruh bosqich so'nggi tur o'yinlariga start berildi.

B guruhidan o'rin olgan uchrashuvlarda Burundi termasi Gvineyaga imkoniyatni boy bergan (0:2) bo'lsa, musobaqaning final bosqichida ilk marotaba qatnashayotgan Madagaskar esa kutilmaganda Nigeriyani taslim (2:0) etdi. Mazkur kvartetdan keyingi bosqichga Madagaskar peshqadam bo'lib, Nigeriya esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Uchinchi o'rindagi Gvineyada esa hali imkoniyat bor. Burundi rasman musobaqa bilan xayrlashdi.



Burundi – Gvineya 0:2 (0:1, 0:1)

Cairo Military Production Stadium

Gollar: 0:1 – 25 Yattara, 0:2 – 52 Yattara.

Burundi – Naximana, Nizigiyimana, Ngandu, Nsabiyumva, Nduvarugira, Shabani, Kvizera, Bigirimana, Abdul-Razak (Beraxino, 68), Amissi (Amissi, 57), Mustafa (Duxayindavi, 16).

Gvineya – Kone, Falett, Silla, Seka, Dyurestam, Diavara, Sisse, Traore, Kamano (Bangura, 63), Kaba (Kamara, 85), Yattara (Kante, 79).

Ogohlantirishlar: Silla (18), Nizigiyimana (69), Duxayindavi (76).

Chetlatish: Nduvarugira (12).


Madagaskar – Nigeriya 2:0 (1:0, 1:0)

Alexandria Stadium

Gollar: 1:0 – 13 Nomenjanaxari, 2:0 – 53 Andriamacinoro.

Madagaskar – Adrien, Fonten, Mombris, Metanir, Razakanantenaina (Randrianarisoa, 73), Abel, Ilaymaxaritra, Nomenjanaxari, Andriamacinoro, Andriacima (Gro, 62), Amada (Raveloson, 86).

Nigeriya – Ezenva, Balogun, Ayna, Avazem, Trost-Ekong, Obi Mikel (Ivobi, 59), Etebo, Ogu (Ndidi, 46), Kalu (Saymon, 73), Igalo, Musa.

Ogohlantirishlar: Ilaymaxaritra (80).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia