Liga 1 jamoasi futbolchisi bir vaqtning o'zida ikki terma jamoaga chaqirildi

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026, 22:27
Mart oyidagi xalqaro o'yinlar oynasi yaqinlashmoqda.

Federatsiyalar allaqachon tarkiblarini e'lon qildi va ulardan bazilarida Fransiya klubida to'p tepayotgan bir futbolchi bilan bog'liq qiziq holat yuzaga keldi.

Gap "Oser" futbolchisi Marvin Senaya haqida ketmoqda. U bir vaqtning o'zida ikki terma jamoadan - Togo va Ganadan chaqiruv olgan. Bu qanday sodir bo'ldi? 25 yoshli futbolchining o'zi bir vaqtning o'zida ikki davlat pasportiga ega, shuning uchun federatsiyalar o'rtasida aloqa yo'qligi ko'rinib turibdi. 

Togo terma jamoasi bosh murabbiyi Patris Neve Senayadan aynan o'z jamoasiga qo'shilish bo'yicha vada olganini aytdi. Biroq vaziyat qanday yakun topishi tez orada ma'lum bo'ladi, chunki futbolchining o'zi ham Gana terma jamoasidan chaqiruv olganidan mamnunligini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports