

Mezbon Misr termasi Ugandani taslim qilgan bo'lsa, Kongo yirik hisobda Zimbabve ustidan g'alabaga (4:0) erishdi. Demak, mazkur kvartetdan keyingi bosqichga Misr yuz foizlik natija ko'rsatib, peshqadam sifatida, Uganda esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda yo'l oldi. Uchinchi pog'onadagi Kongoda imkoniyat bor. Zimbabve esa musobaqa bilan rasman xayrlashdi.

Uganda – Misr 0:2
Cairo International Stadium
Gollar: 0:1 – 36 Saloh, 0:2 – 45 Al-Muxammadi.
Uganda – Onyango (Odongkara, 72), Valusimbi, Vadada, Avani, Vassva, Aucho (Lvanga, 71), Azira, Kyambadde (Kizito, 79), Okvi, Abdu, Miyya.
Misr – El-Shenavi, Ashraf, El-Muhamadi, Xegazi, Al-Muhammadi (Gabir, 90), Emad, El-Said, Trezege, El-Nenni (Hamid, 62), Hasan (Mohsen, 25), Saloh.
Ogohlantirishlar: Kyambadde (59), Al-Muhammadi (61), Lvanga (89).
Zimbabve – Kongo 0:4
30 June Air Defence Stadium
Gollar: 0:1 – 4 Bolingi, 0:2 – 34 Bakambu, 0:3 – 65, penalti Bakambu, 0:4 – 78 Assombalonga.
Zimbabve – Chipezeze, Xadebe, Mlanga, Darikva, Pfumbidzay, Karuru, Firi, Chavapiva (Mushekvi, 52), Muneci (Kadevere, 70), Billiat, Musona (Maxachi, 80).
Kongo – Matampi, Mbemba, Mpeko, Tisseran, Moke, Ngonda, Mulumbu (Elia, 76), Akolo (Luyindama, 83), Magoma, Bolingi (Assombalonga, 45), Bakambu.
Ogohlantirishlar: Mbemba (59), Moke (61), Chipezeze (64), Mpeko (70).
P.S. Avvalroq, B guruhida keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan terma jamoalarning nomi ma'lum bo'lgandi.



