Zinchenko 4-5 haftaga safdan chiqdi, Rodri terma jamoalar o'yinidan keyin tiklanishi mumkin

25 okt 2019, 20:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jarohatlangan o'yinchilar haqida gapirib o'tdi.

Zinchenko haqida 

"Uning tizzasidan olgan jarohati tufayli 4-5 hafta maydonga tusha olmaydi. U operaciyadan muvaffaqiyatli o'tdi va tizzasidagi shikast bartaraf etildi". 

 "Atalanta"ga qarshi o'yinda (5:1) mushaklarida og'riq sezgan Rodri haqida

"Menga u noyabr oyida terma jamoalar o'yinidan keyin safga qaytishi mumkinligini aytishdi".


Joriy mavsum Zinchenko barcha musobaqalarda 9 ta o'yin o'tkazdi, Rodri 13 ta bahsda bitta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: mancity.com