Yanvarda safdan chiqqan “Tottenxem” himoyachisi “Real” bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 okt 2017, 23:55
“Tottenxem Xotspur” klubi himoyachisi Denni Rouz yanvar oyida olgan jarohatidan forig' bo'ldi.

U London klubi tarkibida Madridga yo'l oldi. “Shporlar” 17 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi uchrashuvda “Real” mehmoni bo'lishadi. Tizzasidan jiddiy jarohat olgan Rouz nihoyat “Qirollik klubi”ga qarshi kechadigan o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Rouzdan tashqari “Real” bilan o'yinda jamoa yarim himoyachisi Mussa Dembelening ham maydonda ko'rinish berishi kutilyapti. Belgiyalik bu futbolchi sentyabr oyidan beri maydonga tushmay kelayotgandi.


“Tottenxem” futbolchilari - Viktor Vanyama, Erik Lamela va Jorj-Kevin N'Kudu jarohat sabab, Dele Alli esa diskvalifikaciya sabab “Real” bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif