UEFA “Renn”ga qarshi intizomiy ish ochdi

12 mar 2019, 09:45
UEFA Fransiyaning “Renn” klubi Yevropa ligasi 1/8 finalida “Arsenal”ga qarshi o'tgan birinchi o'yin yakunlari bo'yicha intizomiy ish ochdi.

Tomonlar o'rtasidagi uchrashuv 7 mart sanasida bo'lib o'tgan va unda “Renn” 3:1 hisobida g'alaba qozongandi. Intizomiy ish muxlislarning zinapoyalarni band qilish, pirotexnika vositalarini qo'llash va muxlislarning maydonga tushishi imkon berilganligi uchun ochilgani takidlangan. Ish 28 mart sanasida ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com