Slot navbatdagi mag'lubiyatga izoh berdi

Khoja
27 noya 2025, 10:35
Arne Slot PSVga mag'lub bo'lganidan so'ng uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng futbolchilarimdan o'zim istagan reakciyani ko'rdim. Biz oxirgacha kurashishga harakat qildik. 1:2 bo'lib turgan vaqtda yana hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, biroq, afsuski, uchrashuv 1:4 hisobidagi natija bilan yakunlandi. Biz hozir qiyin ahvoldamiz va bu yo'ldan o'tishimiz shart", - deb fikr bildirdi Slot.

Ayni vaqtda "Liverpul" turnir jadvalida 9 ochko bilan 13-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com