

"Al-Nassr" klubi yangi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati haqida gapirdi.
"Bu yerda ekanligim ajoyib. Bu sharaf. Maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu yerda ekanimdan mamnunman.
O'yinlardan zavq olishni va g'alaba qozonishni istayapman. Shu bilan birga, ushbu mamlakatda futbolni rivojlantirishni xohlayman. Yangi avlodning bir bo'lagi bo'lish uchun shu yerdaman.
Chempionatda katta potencial bor. Bu yerda ajoyib futbolchilar o'ynashadi. Mahalliy chempionat juda va juda kuchli, o'ta raqobatga boy. Aynan shuning uchun ham shu yerdaman", -deydi Krishtianu Ronaldu.



