"Roma" "Portu" xavbeki Oliveyrani xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
6 yanv 2022, 14:25
"Roma" "Portu" bilan markaziy yarim himoyachi Serjiu Oliveyraning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Rimliklar 29 yoshli portugaliyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi.

"Roma"ning ushbu transfer oynasidagi maqsadi - markaziy xavbek va o'ng qanot himoyachi bilan shartnoma imzolash.

Oliveyra joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Maisfutebol