Rasman: Edegor - "Arsenal" futbolchisi

Alisher
20 avg 2021, 12:30
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor "Arsenal" o'yinchisiga aylandi.

"Kanonirlar" norvegiyalik futbolchining to'laqonli transferini e'lon qilishdi. U 8-raqam ostida o'ynaydi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Arsenal" 22 yoshli o'yinchi uchun 30 mln funt (35 mln evro atrofida) to'ladi, shuningdek bonuslar ham ko'zda tutilgan. Edegorning London klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Edegor o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal"da ijarada o'tkazdi. Xavbek APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com