MYU Arturo Vidal uchun 48 million evro to'lashga tayyor

29 mar 2018, 00:41
“Mankunianlar” Arturoni jamoaga olib kelmoqchi.

Sport Bild’ning yozishiga ko'ra, Vidalning transferiga shaxsan Joze Mourinyoning o'zi qiziqish bildirmoqda. MYU rahbariyati chililik yarim himoyachi uchun “Bavariya”ga 48 million evro taklif qiladi. O'yinchining o'ziga esa 4 yillik shartnoma, yiliga 14,4 million evro maosh bilan taklif etiladi.

Amaldagi mavsumda Arturo Bundesliganing 22 o'yinida maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild