Vidal Messining yonini oldi: "Odamlar ahmoqqa aylanib bormoqda"

Narzulla Saydullayev
6 may 2023
Arturo Vidal Lionel Messiga qaratilgan tanqidlardan so'ng argentinalik futbolchini yonini oldi.

Oldinroq PSJ futbolchini ruxsatsiz Saudiya Arabistoniga borgani uchun mashg'ulotlardan chetlatgandi. U "Trua" va "Ayachcho"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi. Messi bu holat uchun uzr so'radi.

"Bu ahmoqlik. Odamlar ahmoqqa aylanib borishmoqda. Dunyoning eng kuchli futbolchisini haqorat qilish to'g'ri emas. Shunchaki uning o'yinlarini tomosha qilish kerak.

To'g'ri u PSJ bilan YCHL va Fransiya kubogini yutmadi, ammo chempionatda peshqadam. Bundan tashqari Messi Jahon chempioni.

Lionel Mbappe bilan birga ko'plab gollar urdi", – dedi "Barselona" sobiq futbolchisi ESPN telekanaliga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ESPN