Arturo Vidal YCHL tarixidagi eng yomon o'yinni aniqladi

Mirjalol Normatov
22 sen 2023
Arturo Vidal "Milan" - "Nyukasl" bahsini jiddiy tanqid qildi.

Jamoalar YCHL guruh bosqichi 1-turida o'zaro durang natija qayd etishdi.

"YCHL tarixidagi eng yomon uchrashuvni ko'rdim. Hatto "Portu" - "Shaxtyor" uchrashuvi ajoyib o'tdi.

"Manchester Siti" - doimgidek zerikarli. PSJ - "Borussiya" uchrashuvining faqatgina ikkinchi bo'limi maqul keldi. Birinchi bo'limda esa uxladim.

Biroq "Milan" va "Nyukasl" o'yinini ko'rish og'riqli bo'ldi. Ularning yugurishni bilishlari - omad. Aks holda ular maydonga chiqmasliklari kerak.

"Nyukasl"ni tushunmadim. Ular o'tgan mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlashdi, biroq o'yinda hech nima qilgani yo'q. Ular raqibidan yaxshiroq bo'lishlari kerak. Biroq ular mening kayfiyatimni buzishdi", - dedi Vidal.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Red Gol