

"Yuve" o'yinni yaxshi boshladi, ammo keyinchalik "Omoniya"ga bir nechta xavfli vaziyat yaratish imkonini berdik va raqib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Endi ikkita gol urish kerakligini tushunganimiz sababli ma'lum bir bosim yuzaga keldi, buni amalga oshirish esa har doim ham oson emas.
Bunday vaziyatda muvozanatni yo'qotib qo'yish hech gap emas, lekin futbolchilar bunga yaxshi reakciya ko'rsatishdi va asta-sekin o'yin nazoratini qaytarib olishdi. So'ngra bir nechta ajoyib gollar urdik, hujumchi gol urganida esa bu uning o'ziga bo'lgan ishonchi uchun eng yaxshi malhamdir. Bu unga urinishlarni davom ettirish uchun ishtiyoq, raqiblarni birga-bir aldab o'tishga jurat va yanada kattaroq maqsadlar sari harakat qilish uchun erkinlik beradi.
Natijalardan tashqari, evrokuboklarda shunday o'yin ko'rsatayotganimizdan ham mamnunman", – deya Spallettining so'zlaridan iqtibos keltirdi UEFA rasmiy sayti.
"Yuventus" 13 ochko jamg'arib, EL umumiy bosqichi turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. 6 ochkoga ega "Omoniya" esa 25-pog'onada joylashgan.



