Vidal "Atletiko Paranaense"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023
Yarim himoyachi Arturo Vidal "Atletiko Paranaense" futbolchisi bo'ldi.

Avvalroq futbolchi "Flamengo" bilan shartnomani bekor qilgandi. Futbolchining yangi jamoasi bilan shartnomasi 2023 yil oxirigacha amal qiladi.

Chililik futbolchi "Flamengo" safida 51 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato