Messi, Suares va Dembele keyingi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 10:14
"Barselona"ning bir yo'la uch hujumchisi Primeroning 29-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Football Espana" xabariga ko'ra, Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembelening sog'lig'ida muammolar bor.

Argentinalikning oyog'ida muammolari bor. Urugvaylik esa to'pig'idan jarohatlangan. Francuzning esa son sohasidan jarohati bor.

"Barselona" - "Espanol" uchrashuvi 30 mart kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana