Mbappeni g'azablanishga majbur qilgan "Nim" futbolchisi 5ta uchrashuvda ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018, 17:12
"Nim" yarim himoyachisi Teji Savane PSJga qarshi Fransiya chempionatining 4-tur uchrashuvidagi o'zini tutishi uchun jazolandi.

Eslatib o'tamiz, Savane bahs oxirida Mbappega nisbatan qo'pollik ishlatgan edi. Bundan g'azablangan yosh forvard raqibini turtib yubordi. Keyinroq Mbappe 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Biroq Savanening jazosi jiddiyroq bo'lib chiqdi. Liga rahbariyati xavbek 5ta uchrashuvda ishtirok etmasligi haqida qaror qabul qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN US