Mbappe qatorasiga 3-bor Fransiya chempionati to'purariga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
24 may 2021, 16:56
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bu mavsum ham Liga 1 to'purarligini hech kimga bermadi.

22 yoshli futbolchi mamlakat chempionatining 31 uchrashuvida maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. 

Liga 1 to'purarlar ro'yxati ikkinchi pog'onasini "Lion" forvardi Memfis Depay va "Monako" hujumchisi Vissam Ben-Yedder bo'lishishdi (har ikkisi – 20 tadan gol). Depay hamkasbidan yuqoriroq qo'yildi, sababi Ben-Yedder ko'proq golini penaltidan urgan (8 - 10).

Mbappe qatorasiga uchinchi mavsum Liga 1"ning "Eng yaxshi to'purari"ga aylandi. O'tgan mavsum futbolchi chempionatning 20 uchrashuvida 18 ta gol urishni uddalagandi, 2018/19-yilgi mavsumda esa fransiyalik sportchi 33 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru