Mbappe 22 yoshida Fransiya termasi uchun 50-o'yinda maydonga tushdi. Bu rekord

Aslanov Jasurbek
8 okt 2021, 00:30
Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finali doirasida Belgiya bilan o'ynamoqda.

Francuzlar tarkibida Kilian Mbappe maydonga tushdi. Bu Mbappe uchun terma tarkibidagi 50-o'yin bo'ldi. Futbolchi esa 22 yosh 291 kunligida 50 talik dovonga yetishga ulgurdi. Bu esa Fransiya terma jamoasidagi rekord sanaladi.

Avvalgi rekord Karim Benzemaga tegishli edi. Karim terma tarkibidan 50-o'yinda maydonga tushganida 24 yosh 240 kunlik edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports