"Mashal" 3 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2025, 11:57
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Muborakning "Mashal" futbol klubi tarkibdagi bir qator muhim futbolchilar bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirishga erishdi:

Himoyachi Ergash Ismoilov bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil 30 noyabrgacha uzaytirildi.

Yarim himoyachi Javohir Abdualimovning shartnomasi 2027 yil 30 dekabrgachagacha davom etadi.

Yosh yarim himoyachi Nurjahon Muzaffarov esa 2026 yil 15 dekabrgacha "Mashal" safida qoladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати