Lyov Germaniyaning himoyadagi o'yinidan ko'ngli to'lgan

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 02:45
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Konfederatsiyalar kubogida jamoasining Chili (1:1)ga qarshi uchrashuvi haqida to'xtaldi.

“Biz uchrashuvning birinchi daqiqalaridanoq “yo'qolib” qoldik, deb o'ylamayman. Biz biroz asabiylashdik va gol o'tkazdik. Ammo keyin o'zimizga kelib oldik o'zgarish qila oldik va idel gol urdik.

Chili terma jamoasi bizga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega tajribali jamoa. Biz himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdik.

O'yin juda yaxshi o'tdi va biz 90 daqiqa intizomli o'yin ko'rsata oldik. Biz himoyada yaxshi o'ynadik va javob golini urishga erishdik. Bu yosh jamoa uchun yaxshi ko'rsatkich. Ular o'yinni yaxshi saviyada o'tkaza olishdi.

Kamerunga qarshi bahsda g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz. Guruhda birinchi o'rinni egallash niyatidamiz”, dedi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Р-Спорт