Lev: "O'yin yoqdi, biroq nimalardir o'xshamayapti"

Mirjalol Normatov
15 noya 2020
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Millatlar ligasi doirasida Ukraina termasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin juda intensiv bo'ldi va o'z navbatida qiziqarli o'tdi. Ukraina termasi qarshi hujumlarda o'ynashini bilgandik. Raqiblar tarkibida bo'sh qolgan zonalardan unumli foydalana oladigan futbolchilar ko'p edi. Balki ularga bir qancha yetakchi futbolchilar yetishmagandir.

Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik deb hisoblayman. Juda ko'p kuch sarfladik va ikki gol ham urib oldik. Menga o'yinning borishi yoqdi, lekin nimalardir o'xshamayapti. Ko'p narsalar borasida ishlashimiz kerak. Agarda Kievdagi o'yin bilan solishtiradigan bo'lsak, bugun yaxshiroq o'ynadik, kombinaciyalar kuchli bo'ldi. Bizning hujumlarimizda ukrainlar katta muammolarni his qilishdi", - dedi Lev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal