Lev termada qoladi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 18:51
Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Yoaxim Lev terma bosh murabbiyligida qoladi.

Oldinroq terma Ispaniyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'lib, Millatlar ligasi yarim finaliga chiqa olmaganidan keyin Levning ketishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar urchib qolgandi.

"Ispaniya termasidan uchralgan mag'lubiyatni taxlil qilib, holatni to'g'rilash uchun Levga vaqt va imkoniyat beriladi. 4 dekabr kuni DFB majlislar zalida prezidium bo'lib o'tadi va unda terma bosh menejeri Oliver Birxoff milliy jamoaning holati haqida ma'lumot beradi", - deb yozaladi bayonotda.

60 yoshli Lev 2006 yildan buyon termani boshqarib keladi. Uning qo'l ostida nemislar 2014 yilgi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild