

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 28 yoshli futbolchi yaqin vaqtlar ichida "Chelsi" bilan shartnoma imzolaydi. U Milanda yangi (eski) jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgandi. Transfer summasi 115 million evroni tashkil qilmoqda.
Futbolchi "Chelsi"da yiliga 12 million evro maosh oladi. O'tgan mavsumda u 44 o'yinda 30 gol va 10 assist qayd etdi. U 2011-2014 yillarda "Chelsi" tarkibida o'ynagan.



