Klopp "Bavariya"da ishlashi haqida: "U yerda yaxshi murabbiy bor, 5 yildan keyin nima bo'lishini bilmayman"

5 iyun 2019, 07:00
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya"da ishlashi mumkinligi haqidagi xabarga fikr bildirdi.

Avvalroq, "Bavariya"ning sobiq himoyachisi Franc Bekkenbauer Klopp myunxenliklarni boshqarishini xohlashi va u dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri ekanini takidlagandi.

Bekkenbauer: "Klopp "Bavariya"ni boshqarishini xohlardim" (03 iyun, 19:20)


"Francni hurmat qilaman. Lekin, "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnomam bor. Agar Franc shunga o'xshash gapni aytsa, albatta xursand bo'laman. Bu Klopp qaerga ketishni bilmaydi, deganidan yaxshiroq.

Shunday bo'lsa ham, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" jamoalari yaxshi murabbiyga ega. 5 yildan keyin nima bo'lishini esa bilmayman. Balki, bu ishga mos umuman boshqa murabbiylarni ko'rishimiz mumkin", - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Manba: sportbild.bild.de