Keyn Shimoliy London derbisi to'purarlari orasida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2018, 19:21
Ayni paytda Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi "Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi davom etmoqda.

Hozircha, o'yinda yagona bo'lib turgan golni 49 daqiqada Xarri Keyn kiritdi. Bu 24 yoshli forvardning shimoliy London derbisidagi ettinchi goli bo'ldi. Bu borada u Rober Piresga yetib oldi va endi derbi to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Bu borada eng ko'p golni Emmanuel Adebayor kiritgan - 8ta. U bu ishni turli vaqtlarda har ikki klub safida amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka