Jiru "Speciya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 sen 2021, 22:49
"Milan" hujumchisi maydonga qaytishga yaqin.

Olive Jiru umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. U belidagi muammo sabab, "Milan"ning so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Hujumchi A Seriya 6-turidan o'rin olgan "Speciya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Futbolchi to'liq tiklanishga ulgurmagan bo'lsa ham, zaxiradan o'yinga qo'shilish ehtimoli mavjud.

Eslatib o'tamiz, "Speciya" - "Milan" uchrashuvi 25 sentyabr kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportmediaset