Rasman: Olive Jiru "Lill"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2025, 13:27
Fransiyalik ujumchi Olive Jiru Liga 1ga qaytib, "Lill" bilan bir yillik shartnoma imzoladi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

 "Los-Andjeles" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng erkin agent sifatida vataniga qaytgan 38 yoshli hujumchi 9-raqamni oldi. Jiru 13 yil o'tib Fransiya chempionatiga qaytdi.


U vataniga qaytishdan xursandligini bildirib, "Lill" prezidenti Olive Letangning taklifi uning uchun ochiq-oydin tanlov bo'lganini ta'kidladi.


Kanadalik hujumchi Jonatan Devidning 2025 yil iyul oyida yangi shartnoma yo'qligi sababli klubni tark etishi fonida Jiru bilan shartnoma imzolanishi jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishga xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: losc.fr