Jiru Dembele haqida: "Terma jamoada u "Oltin to'p" egasi bo'lishi mumkin deb o'ylamaganman"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2025, 17:28
Olive Jiru avval Usmon Dembelening "Oltin to'p" yutishi mumkinligini tasavvur qilmagan.

PSJ hujumchisi o'tgan mavsum yakuni bo'yicha France Football’dan eng yaxshi futbolchi mukofotini oldi.

"Unda "Oltin to'p" uchun potencial ko'rganmanmi? Buni aytish qiyin. Men uni Fransiya terma jamoasida ko'rgan vaqtimda o'zimga: "U "Oltin to'p" egasi bo'lishi mumkin", deb o'ylamaganman.

Bunga istedod kerak, lekin seni yetakchiga aylantiradigan yaxshi mavsum ham zarur.

Unda istedod bor, lekin u to'g'ri klubda yaxshi mavsum o'tkazib, hammasini yutishi kerak edi va u shunday qildi, chunki "Oltin to'p" doimo jamoaga ko'p jihatdan bog'liq", – dedi "Lill" hujumchisi L’Équipe’ga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Foot Mercato