Gvardiola: "Siti" uchun CHLdagi eng qiyini - "Leypcpig"ga qarshi dastlabki o'yin"

Alisher
13 sen 2021, 18:47
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning Chempionlar Ligasidagi bo'lajak o'yinlari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" CHL guruh bosqichida PSJ, "RB Leyptsig" va "Bryugge" bilan o'ynashadi.

"Men bir soniya ham PSJ haqida o'ylamayapman. Biz uchun eng qiyini - birinchi turdagi "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin. "Leyptsig" so'nggi o'yinlarda o'zini yaxshi ko'rsatdi va ular bilan o'ynash - biz uchun yaxshi test", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" so'nggi turda "Lester"ni mehmonda 1:0 hisobida taslim etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports