Gvardiola: "Manchester Siti" transfer bozorida tezroq va aqlliroq harakat qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 12:37
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, ingliz klubi transfer bozorida tez ishlashi lozim.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Siti" qiziqish bildirgan "Ayaks" xavbeki Frenki de Yong "Barselona" bilan shartnoma imzoladi.

"Biz tezroq va aqlliroq harakat qilib, asabiylashmasligimiz kerak. Raqiblarimiz futbolchilar bilan shartnoma imzolashda bizdan muvaffaqiyatliroq harakat qilmoqda. Bazi klublar bilan raqobatlasha olmaymiz. Kuchli futbolchilarni sotib olish qiyin, ayniqsa o'rtacha narxga. Buning deyarli iloji yo'q. Ko'proq yoshlarga ishonishga to'g'ri keladi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola