Futzal. “So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”. O'yindan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2018, 10:59
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 11-turida “So'g'diyona” “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi har ikkala o'yinda ham g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” futzal jamoasi bosh murabbiyi Oybek Abduraxmonov o'yin borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugun yigitlar iroda ko'rsatdi. Og'ir o'yin o'tkazdik. Muhimi g'alaba qozondik. Raxbariyat mavsumni 6 o'rinda yakunlashni vazifa qilib belgiladi. Davralar oralig'ida jamoa tarkibida katta o'zgarish qilish niyatidamiz. Maqsad sari olg'a yuramiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan klub raxbariyatiga va muxlislarimizga katta raxmat – deydi Oybek Abduraxmonov.


- “Buxoro” jamoasiga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan so'ng muxlislar qarshisida g'alaba qozonishimiz shart edi. Mashg'ulotlarda xatolarmiz ustida ishladik va bir jamoa bo'lib o'z ishqibozlarimiz qarshisida g'alaba qozondik. Ishlashda davom etamiz.Jamoadoshlarimga raxmat - deydi "So'g'diyona" darvozaboni Oybek Akmalov.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz