Futzal. Qozog'istonni penaltilar seriyasida mag'lub qilgan Portugaliya Jahon chempionati finaliga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2021, 00:41
Futzal bo'yicha Jahon chempionati yarim final o'yini o'tkazildi.

Unda Portugaliya va Qozog'iston termalari to'qnash keldi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Portugaliya termasi 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Final o'yini 3 oktyabr kuni Portugaliya va Argentina termalari o'rtasida o'tkaziladi.

Portugaliya - Qozog'iston 2:2, Penaltilar seriyasi: 4:3

Gollar: Pani, 23 (1:0) ; Nurgojin, 40 (1:1) ; Duglas Junior - Negreyros, 42 (1:2) ; Brunu Koelyu, 49 (2:2)

Qozog'iston:

Birinchi beshlik: Igita, Taynan, Nurgojin, Akbalikov, Duglas

Zaxira: Atantaev, Karagulov, Valiullin, Orazov, Esenamanov, Knaub, Tursagulov, Tokaev, Sarbasov.

Portugaliya:

Birinchi beshlik: Bebe, Sesiliu, Koelyu, Matush, Rikardinyu; 

Zaxira: Andre, Paku, Afonzu, Ziki, Erik, Pani, Britu, Kastru, Ugu.


 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia