

Sesk Fabregas Azar London klubini yangi darajaga olib chiqdi deb hisoblamoqda.
"Hozir "Chelsi" Azar xohlayotganini berishga imkoniyati yetmaydi, deb hisoblayman. Bu klubda Eden barcha sovrinlar yoki "Oltin to'p"ni yuta olmaydi. U menga bu haqda o'ylamayotganini aytgandi. Lekin, yuragining tubida bu haqiqat ekanligini biladi. Azarning orzusi - YCHL g'olibi bo'lish.
O'ylashimcha, u "Chelsi"da hozir o'z imkoniyati darajasida eng cho'qqiga chiqib bo'lgan va bu salohiyati bilan "Real"da yanada ochiladi", - deya Marca nashri Fabregasning so'zlarini keltiradi.




