Duglas Kosta: "Robbenni maslahatidan qatiy nazar, shunday fintlarni takrorlayveraman" (video)

Aslanov Jasurbek
4 sen 2015, 10:45
"Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kosta jamoadoshi Aren Robbenning unga aytgan so'zlariga izoh berdi.

Braziliyalik futbolchi "Bayer"ga qarshi o'yinda 3:0 hisobida yutayotib, "kamalak" fintini ijro etdi, bu harakat esa Robbenga yoqmadi. Aren bu fintni raqibni ustidan kulish deb atadi va Kostaga ushbu harakatni takrorlamaslikni maslahat berdi.

"Robben bilan suhbatimiz haqida ko'p gapirishdi. U menga nemis futbolida bunday fintlarni ishlatmaslikni maslahat berdi. Ammo agar menda imkon bo'lsa, bu harakatni yana takrorlayman. Bu o'yinning va Braziliya futbolining bir qismi" - deydi Kosta.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com