David Luis: "Sovrin sari oldinda uzoq yo'l turibdi"

Tolibjon Qosimov
21 mar 2017, 19:38
"Chelsi" himoyachisi David Luis Angliya chempionati 29-turi doirasida "Stok Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu APLning odatiy o'yinlaridan, biz g'alabadan qoniqdik, lekin bosh sovrin sari oldinda uzoq yo'l turibdi. Hech kim hayotimizni oson qilib qo'ymaydi, bu yerda hamisha o'ynash og'ir. Bu jismonan kuchli va o'sishga erishgan jamoa. Yaxshi o'yin o'tkazdik. Qiyin bo'ldi, lekin biz buni uddaladik", - deydi Luis.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelseafc.com